Portalimiz zamonaviy rus mualliflari asarlarining asl nusxalari va MDH xalqlari tillariga amalga oshirilgan tarjimalari bilan tanishish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Soʻnggi oʻn yilliklarda zamonaviy rus mualliflarining asarlari Hamdoʻstlik mamlakatlarida juda kam va tizimsiz tarjima qilingan. MDH mamlakatlari xalqlarining oʻn bir tiliga tarjima qilingan «Zamonaviy rus adabiyoti» (2023) antologiyasining ikki jildi nashr etilishi bu sohadagi katta yutuq boʻldi.
Portalimiz MDH oʻquvchilariga eng yangi rus adabiyotini taqdim etishda davom etmoqda. Portalda chop etilgan oʻnlab asarlar zamonaviy rus adabiyoti janrlari, mavzulari va gʻoyalarining toʻliq boʻlmasa-da, lekin etarlicha manzarasini aks ettiradi. Mualliflar roʻyxati vaqti-vaqti bilan toʻldirib boriladi.
Umid qilamizki, loyihamiz badiiy tarjima maktablarini rivojlantirishni qoʻllab- quvvatlab, bu ezgu ishlarga yangi iste'dodli ijodkorlarni jalb etish bilan birga, madaniyatlar va xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qiladi.